
"Olimpik" Turkiyada Kumikov jamoasini yutdi. Jasur Jaloliddinovdan gol!
“Olimpik” klubi Superliga ishtirokchilari orasida birinchi bo‘lib xorij yig‘inini boshladi. Ular Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga kirishdilar.
Bugun Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa Qozog‘istonning “Qaysar” jamoasiga qarshi ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Yaqinda ushbu jamoaga “Andijon”ni boshqargan Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlanganidan xabardorsiz.
“Olimpik” “Qaysar” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati xabar qildi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Olimpik - Qaysar - 2:1
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Saidazamat Mirsaidov
1-bo‘limda maydonga tushganlar: Abdunabiev, Mirsaidov, Rahimjonov, Shamsiev, Tursunov, Bo‘riev, Jaloliddinov, Ibroximov, G‘iyosov, Jo‘raqo‘ziev, Odilov
2-bo‘limda maydonga tushganlar: Yuldashev, Tairov, Bo‘sinov, Abdurashidov, Sodiqov, Abdixaliqov, Muxtorov, Ablaev, Mahmudov, Mamasidiqov, Jo‘raboev.
Ko‘rib turganingizdek, “Lokomotiv”da to‘p surgan Jasur Jaloliddinov “Olimpik” bilan Turkiya yig‘inida qatnashmoqda. Katta ehtimol u yangi mavsumni Kapadze jamoasida boshlaydi.
Fikrlar