"Olimpik"ga qarshi birinchi taymda "Paxtakor" futbolchisi jarohat oldi

  • 11.05.2024 19:32
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Paxtakor" bahsining ilk daqiqalarida mehmonlar tarkibidan Dilshod Saidov jarohat olib, maydonni tark etdi. 

Ibrhim Ibragimov to‘p uchun kurashda himoyachining oyog‘iga zarba berib yubordi. Dastlab, futbolchi o‘yinni davom ettirayotgandi, lekin biroz vaqtdan keyin u majburiy tarzda almashtirildi. 

Saidov ushbu mavsum "sherlar"ning asosiy himoyachilaridan biriga aylanib bormoqda. U jamoasi tarkibida umumiy 8 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!