
Olimpiya terma jamoamiz a’zosi "Navbahor" safiga ko‘chib o‘tdi
"Olimpik"ning yana bir muhim futbolchilaridan biri jamoani tark etdi.
Mahoratli himoyachi Saidazamat Mirsaidov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. 2021 yildan buyon O‘zbekiston-U-23 olimpiya terma jamoamizda o‘ynayotan himoyachi jamoa tarkibida joriy yil Osiyo vitse-chempionligini qo‘lga kiritdi.
Saidazamat Mirsaidov O‘zbekiston-U-23 olimpiya terma jamoamizning "Parij-2024" Olimpiadasida ishtirok etadigan tarkibidan o‘rin olgan.
Fikrlar