
Olimpiyachilarimiz 4 oktyabrdan yig‘inga kirishadi. Janubiy Koreyaga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham bor
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 oktyabr kuni yig‘in boshlaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Lyubinko Drulovich shogirdlari yig‘in davomida Janubiy Koreyaga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi.
Yig‘in doirasidagi o‘yinlar:
11 oktyabr
JANUBIY KOREYa – O‘ZBEKISTON
“Hwaseong Sports Complex” | 16:00
14 oktyabr
JANUBIY KOREYa – O‘ZBEKISTON
“Cheonan Stadium” | 16:00
Fikrlar