Olimxo‘ja Bo‘ronov: Darvoza daxlsizligini saqlab qola olsak, 1-2 ta gol urishimizga ishonyapman

  • 25 mart, 14:51
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv oldidan futbol jamoatchiligi fikrini o‘rgandik.

Quyida Stadion.uz sayti bosh muharriri hamda Futbol qoidalari telegram kanali asoschisi Olimxo‘ja Bo‘ronovning o‘yinoldi fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Bugungi bahsda O‘zbekiston terma jamoasidan g‘alaba kutyapman. Bunga bir nechta sabablar bor.

Tecno

1) Temur Kapadze Qirg‘izistonga qarshi jamoamizning o‘yinini hamda Eronning so‘nggi o‘yinlarini tahlil qilib chiqqaniga shubha yo‘q. Shundan kelib chiqib, murabbiy kerakli o‘yin uslubini tanlagan va buni futbolchilarga tushuntirib, mashg‘ulotda sinovdan o‘tkazish uchun imkoniyatga ega bo‘lgan (vaqt nuqtai nazaridan).

2) Terma jamoamiz etakchilari (Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov) bergan so‘nggi intervyular shundan dalolat beradiki, futbolchilarimiz Erondan ruhiy jihatdan qo‘rqishmayapti. Bu esa juda muhim omil.

3) Eronning o‘zi ham avvalgidek kuchli emas, nazarimda.

Masharipov aytdiki, Srechko Katanets O‘zbekiston terma jamoasida faoliyati davomida jamoamizga himoyada tartibli o‘ynashni o‘rgatdi hamda hujumda gol urish uchun imkoniyatlarimiz albatta bo‘lishini tushuntirdi. Aynan shu narsaning samara beradigan payti keldi, deb o‘ylayman. Demak, biz mudofaani mustahkamlagan holda qarshi hujumda o‘ynashimizni kutyapman. Shu bilan birgalikda, jamoamiz huda-behudaga to‘pni yo‘qotmasdan, to‘p nazoratini ham yaxshilashi kerak (bunisi Temur Kapadzega bog‘liq).

Agar biz darvoza daxlsizligini saqlab qola olsak, Eron darvozasiga 1-2 ta gol ura olishimizga ishonyapman. Golni kimlar urishi mumkin? Hujumga o‘tadigan futbolchilardan ba’zilari (Shomurodov, Fayzullaev, Alijonov, Sayfiev, O‘runov, Shukurov).

O‘zbekiston kamida ikkinchi o‘rin bilan JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonaman. Jamoamiz shunday ajoyib imkoniyatni, nasib qilsa, qo‘ldan chiqarib yubormaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
25/03/2025 16:41
Жипслашиб, яхши ўйнасак, ғалаба биз томонда бўлади, шубҳасиз. Аммо...
Абдухаликов Мухаммад
25/03/2025 16:40
Кападзе га маслахат тез югурадиган уйинчиларни (ёшларни) биринчи таймда уйинга тушириш керак