Olive Jiru: Akam Anri, Trezege va Anelka bilan bir jamoada o‘ynagan

  • 28 aprel, 2020, 18:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyalik jurnalistlar yaqinda «Chelsi» klubi hujumchisi Olive Jirudan o‘ziga xos tarzda intervyu oldilar. Yangicha ko‘rinishdagi suhbat chog‘ida frantsiyalik futbolchi Nikolya Anelka bilan o‘ynagan akasi, chang‘ida uchishga bo‘lgan muhabbati va boshqa qiziqishlari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

- Ilk bor qanday futbol formasini kiygansan?

- Ehtimol, bu akamga tegishli Frantsiya terma jamoasi futbolkasi bo‘lsa kerak. O‘sha paytlarda u mamlakat yoshlar terma jamoasi a’zosi edi. 6 yoshda edim, u esa Frantsiya U-15 terma jamoasi uchun o‘ynardi. Akam markaziy himoyachi bo‘lgan. U Anri, Trezege va Anelka bilan birga o‘ynagan! Akam iqtidorli o‘yinchi edi, biroq yakunda u professional futbolda faoliyatini boshlay olmagan.

- So‘nggi marta o‘zing o‘ynamagan qaysi jamoaning formasini egningga ilgansan?

- Yaxshi savol. Fikrimcha, bu o‘smir paytimda «Barselona» futbolkasi bo‘lgan.

- Eski futbolkalardan qaysi birini saqlab qo‘ygansan?

- Bu jahon chempionati finalidan so‘ng qolgan forma, u men uchun eng muhimi sanaladi. Faoliyatim davomida ko‘plab turli futbolkalarni saqlab qo‘yganman, menda yaxshigina kollektsiya mavjud.

jiru2

- Bugun ertalab birinchi navbatda nima eding yoki ichding?

- Suv. Har doim ertalab uyg‘onganimda suv ichaman. Bu oshqozon uchun juda muhim.

- Uyqu oldidan oxirgi o‘rinda nima qabul qilasan?

- Bunda ham suv!

- Hafta davomida boshqa narsalardan ko‘ra nimani ko‘proq eysan?

- Uglovodlar. Shuningdek, oqsillar ham.

- Dastlabki tatuirovkang qanday bo‘lgan?

- Bu oyog‘imdagi tatuirovka. Shundan so‘ng qo‘limga 23-raqam bilan diniy so‘zlarni chizdirdim. Keyin esa Poliniziya tilidagi yozuvlar, undagi har bir belgi nimanidir angalatadi va shundan so‘ng farzandalarimning suratlarini chizdirdim.

- Oxirgi tatuirovkang qanday bo‘lgan?

- Bu elkamdagi xoch surati.

- Biror marta bo‘lsa ham tatuirovkani o‘chirtirganmisan?

- Yo‘q.

- Bolaligingdagi eng yoqtirgan filmingni aytib bersang...

- Yosh bola paytimda otam Shon Konnori va Nikolas Keydj ishtirokidagi «Qoya» filmini sevib tomosha qilardi. Men bu kinoni adashmasam 20 marta ko‘rganman. Men hatto so‘zlarni yoddan bilaman!

- TV orqali oxirgi marta qaysi film yoki dasturni tomoshi qilding?

- Men seriallar ko‘rishni yoqtiraman. Ayni paytda men «Yurayotgan o‘liklar» («Xodyachie mertvetsy»)ni berilib tomosha qilyapman.

jiru3

- Hayoting davomida boshqalaridan ko‘ra nimani ko‘proq ko‘rgansan?

- Yana o‘sha «Qoya»ni!

- Bolaligingda dam olishga qaerga borgansan?

- Chang‘ida uchishni juda yoqtiraman. Shu sabab o‘smirlik chog‘imda tez-tez o‘zim yashaydigan joydan uzoq bo‘lmagan Frantsiya Alp tog‘larida chang‘ida uchardim.

- Ta’til chog‘ida borgan oxirgi joying?

- Tog‘lar. Hatto yozda ham. U erda juda ko‘plab tadbirlar uyushtiriladi. Futbolchi bo‘lganimdan beri men ona shahrim Frojga tez-tez kelib turaman!

- Hammasidan ham ko‘ra ko‘proq qaerga borasan?

- Yana o‘sha toqqa, qishki tanaffusda ham.

- Dastlabki shaxsiy telefoningni eslaysanmi?

- Bu aniq «Nokia» bo‘lgan, alashmasam, 3210.

- Hozirgi telefoningga oxirgi bor qanday ilovani o‘rnatding?

- Tekshirib olishga imkon bering... Bu farzandlarimning o‘yini! Telefonimda farzandlarimning o‘yinlari juda ko‘p.

- Shaxsiy smartfoningda nimadan ko‘proq foydalanasan?

- «WhatsApp»dan.

- Haydovchlik guvohnomasi uchun imtihonni birinchi martadayoq topshirganmisan?

- Ha.

- Jamoat transportidan oxirgi marta qachon foydalanding?

- Farzandlarim bilan «Muzdagi Disney»ni tomosha qilish uchun «O2 Arena»ga borgan paytimda. Biz metroning «Jubilee» liniyasidan foydalandik.

- Mashinangda odatda qaysi musiqani tinglaysan?

- Menga turli musiqalar yoqadi. Rojdestvoda ko‘proq Rey Charlzning xitlarini tinglardim. Shuningdek, Elvis Presli uslubidagi rok-n-roll. Bundan tashqari, menga xaus, pop-rok, Coldplay va yana rep yoqadi. Hammasidan oz-ozdan! Va frantsuzcha musiqa ham.

- Ingliz tilini ilk bor qachon o‘rganishni boshlagansan?

- Maktabda, birinchi yildayoq, o‘shanda taxminan 5 yoshda edim.

- Oxirgi bor o‘rgangan so‘zing yoki iborang qanday bo‘lgan?

- «Maqtamoq». Men xristianman va «maqtamoq» so‘zini bilmasdim. «Madh qilmoq» degan bo‘lardim. Frantsuzchada bu «Maqtamoq»ni anglatadi.

- Inglizchada nimani o‘zlashtira olmayapsan?

- Men hozirgacha bosh murabbiy «first and foremost» («birinchi navbatda») degan paytda, undan buning nimaligini so‘rashni xohlayman. Hech qachon so‘ramaganman, ammo birinchi navbatda qilishimiz kerak narsa ekanligiga ishonaman. Avvalo, men bu so‘zning qanday yozlishini bilmayman. U va Jo Edvards bu iborani tez-tez aytadi. Ayniqcha, Edvards standart vaziyatlar chog‘ida. Biz doimo e’tiborli bo‘lishimiz kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!