Olive Jiru "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytiradi
"Chelsi" klubi hujumchisi Olive Jiru Londonda yana bir yil qoladigan ko‘rinadi. Bu haqda goal.com nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "aristokratlar" vakillari Jiru bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. Londonliklar frantsiyalik forvardga yana bir yillik bitim taklif qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jiru bu mavsum "Chelsi" safida barcha turnirlarda 44 o‘yinda maydonga tushib, 12 marta gol urdi va 8 bor sheriklariga gollik pas berdi.


Fikrlar