Oliver Kan Virts nega "Bavariya"ni emas, "Liverpul"ni tanlagani haqida gapirdi

  • 22 iyul, 21:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy darvozabon Oliver Kan "Bavariya" tarkibiga emas, "Liverpul" safiga o‘tishni ma’qul ko‘rgan Florian Virtts qarorini izohladi:

Tecno

"Bu faqat klub tanloviga bog‘liq emas. Bu, birinchi navbatda, chempionat masalasi. Menimcha, APL – sport, iqtisod va media jihatdan eng jozibador liga. U erda marketing imkoniyatlari butunlay boshqacha.

Agar men "Bavariya"ga o‘tib, 15-yo‘ki 16-marta Germaniya chempioni bo‘lsam, bu men uchun qanchalik qiziq? Albatta, Chempionlar ligasi har doim katta maqsad, ammo yosh futbolchi turli jihatlarni o‘ylab ko‘radi – qaysi jamoa, qaysi murabbiy, qaysi tizim unga mos.

Menda esa shunday savollar yo‘q edi. Men uchun faqat "Bavariya" mavjud edi. Lekin zamonlar o‘zgardi" – dedi Kan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!