
Oliveyra: "Pore Maxachevni nokautga uchratishi mumkin, biroq..."
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra amaldagi kamar sohibi Islom Maxachev va Dastin Pore o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Islomga ro‘baro‘ bo‘lgan har bir jangchi bir xil muammoga duch keladi ya’ni ular g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi. Lekin bu MMA, bitta aniq zarba sizga g‘alaba keltirishi mumkin. Dastin Pore o‘zining so‘nggi jangida buni ko‘rsatdi. Uning qo‘llari og‘ir va u Maxachevni nokautga uchrata oladi, bunga shubha yo‘q, lekin men Islom chempion bo‘lib qolishiga ishonaman", - deya Oliveyradan iqtibos keltiradi MMA Fighting.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev(25-1) va Pore(30-8-1 N/C) 2 iyun kuni AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 302" turniri doirasida to‘qnash kelishadi.
Fikrlar