Olmo va Viktor masalasida "Barselona" uchun navbatdagi "zarba"

  • 02.01.2025 16:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" futbolchilari Dani Olmo hamda Pau Viktor klub ayrim normalarni bajarmagani bois 1 yanvardan La Ligada ro‘yxatdan o‘chirilgandi. 

O‘z navbatida, Olmoning shartnoma shartlari klub  futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishni uddalay olmasa, Olmo erkin agentga aylanish huquqiga ega. Biroq so‘nggi xabarlarga qaraganda, Dani "Barselona"da qolmoqchi. 

Bugun tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Olmo hamda Viktor EChLda ham o‘ynay olmasligi mumkin. Bu haqda "SPORT" nashri xabar berdi. 

Ta’kidlash kerak, "Barselona" yozda Olmoni 55 million evro evaziga "Leyptsig"dan xarid qilingandi. Agar futbolchi erkin agentga aylanish istagini bildirgan taqdirda, klub 55 million evroga "ko‘yadi", shuningdek, uning 2030 yilgacha bo‘lgan maoshini to‘lab berishga ham majbur. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!