
"Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar "Real"ga o‘tmoqchi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yozgi transfer vaqtida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, polshalik futbolchi faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishni xohlamoqda. Robert "qirollik klubi"dan aniq taklif kutyapti.
"Transfermarkt" portali 32 yoshli hujumchini 60 million evroga baholamoqda. 2020/21 yilgi mavsumda forvard 29ta o‘yinda 41ta gol urgan hamda 7ta golga assistentlik qilgan.
Avvalroq, "Goal" nashri talqini bo‘yicha Levandovski "Oltin to‘p" uchun nomzodlar orasida 2-o‘rinda qayd etilgandi.
Fikrlar