
Oltita yulduzidan ayrilgan “Liverpul” endi boshqacha o‘ynaydi
Yozda “Liverpul” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Yurgen Klopp jamoasini asosiy tarkibda o‘ynab kelayotgan olti nafar tajribali o‘yinchi tark etdi.
Liverpulliklar safida sakkiz yil o‘ynagan Jeyms Milner “Brayton”ga, Nabi Keyta “Verder”ga, Roberto Firmino “Al-Ahli”ga, Jordan Xenderson hamda Fabino “Al-Ittifoq”ga, Aleks Oksleyd-Chemberlen “Beshiktosh”ga o‘tib ketdi.
Klub yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun Aleksis Mak Allister, Dominik Soboslai, Vataru Endo hamda Rayan Gravenberx kabi yangi avlod vakillarini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Bu o‘zgarishlarni inobatga olgan germaniyalik bosh murabbiy Yurgen Klopp endi “Liverpul”ning yangi tarkibi uchun o‘zgacha o‘yin uslubi o‘ylab topishini ma’lum qildi. Uning yangi g‘oyalari qay darajada ish berishini mavsum davomida bilib olamiz.
Fikrlar