
"Omadli taqvim". Bugungi sonda ham g‘olib aniqlanadimi?
Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot nashri "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Bugun mazkur o‘yinimizning 3-soni Siz azizlarga taqdim etiladi.
O‘yinimiz shartlariga ko‘ra, bizga ishtirokchilar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, yuborishlari kerak bo‘ladi. O‘tgan sonda esa tasodifiy raqamlar generatori tanlagan 10, 5, 6, 36, 13 va 31 sonlarining beshtasini (91) XXX-14-33 raqami egasi to‘g‘ri topib, Redmi smartfoni egasiga aylangan edilar.
Kuni kecha esa SPORTS.uz sayti ijodkorlari mazkur sovrinni o‘z egasiga topshirish maqsadida Farg‘ona shahrida bo‘lib qaytishdi. Ushbu jarayondan olingan videolavha bilan esa bugun soat 17:00 da boshlanadigan translyatsiyamiz orqali tanishish imkoniga egasiz.
Qolaversa, bugungi sonda ham biz iPhone X egasini topishga harakat qilib ko‘ramiz. Bizni kuzatib boring, zero kelgusi g‘olib aynan Siz bo‘lishingiz mumkin!!!
Bugungi o‘yinni saytimizning YouTube, Facebook va Instagram sahifalari orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniga egasiz. Qolaversa, saytimizda onlayn matnli translyatsiya ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ps: O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.
Fikrlar