
"Omadli taqvim": O‘yin kuni
Bugun mazkur o‘yinimizning 12-soni Siz azizlarga taqdim etiladi. Qayd etish joiz, ortda qolgan 11 hafta davomida yurtimizning turli joylaridan bo‘lgan ko‘plab hamyurtlarimiz birgina bepul SMS-xabar evaziga o‘yinimizda g‘olib chiqish baxtisha musharraf bo‘ldilar, balki bugun siz ham ular safidan o‘rin olarsiz?
Eslatib o‘tamiz, "Omadli taqvim" sovrinli o‘yini odatdagidek kunning ikkinchi qismida, aniqrog‘i 15:00 da efirga chiqadi. Jonli efirni saytimizning YouTube sahifasi orqali kuzatib borish imkoniga egasiz. Bundan tashqari, saytimizda onlayn matnli translyatsiya ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
O‘yinimizda ishtirok etish juda oson, shunchaki 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga sms tarzida jo‘natgan holda o‘yinimizda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
G‘olib esa "Omadli taqvim barabani" yordamida aniqlanadi. Baraban tanlagan 6 raqamning barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi bir yo‘la iPhone X, noutbuk, televizor, gaz plitasi, muzlatkich va kir yuvish mashinasini qo‘lga kiritadi.
Mazkur 6 raqamning beshtasini topgan ishtirokchiga Redmi rusumidagi smartfon topshiriladi. Agarda, bunday ishtirokchilar soni bittadan ko‘p bo‘lsa, ushbu smartfonning tannarhi ishtirokchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Shunday ekan, o‘yinimizda ishtirok etishga shoshiling!
Fikrlar