
Omadsiz Roys yana bir mundialni jarohati sabab o‘tkazib yuboradi
"Borussiya" Dortmund futbolchisi Marko Roys jarohati sabab Qatardagi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. U sentyabrda "Boxum"ga qarshi bahsda to‘pig‘ini shikastlab olgandi.
33 yoshli yarim himoyachining safga qaytishiga terma jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ishongan. Ammo futbolchi tiklanishga ulgurmadi.
Eslatib o‘tamiz, Marko jarohat tufayli "JCh-2014", "Evro-2016" va "Evro-2020" kabi nufuzli turnirlarni o‘tkazib yuborgandi.
Fikrlar