O‘q otish. Osiyo chempionatini bronza bilan boshladik

  • 11 noyabr, 2022, 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Koreya Respublikasining Tegu shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bahslarga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Tecno

O‘smirlar o‘rtasida 10 metrga pnevmatik miltiqdan o‘q otish bahslarida Javohir Sohibov saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta oldi. Kuchli maktabga ega terma jamoa vakillari bilan kechgan finalda Sohibov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1-o‘rin - P.Mane (Hindiston)
2-o‘rin - S.Xa (Koreya Respublikasi)
3-o‘rin - J.Sohibov (O‘zbekiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!