Oq Uyda jang qilish taklifini rad etdim!

  • 20.03.2026 13:11
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Frantsiyalik MMA ustasi Benoa Sen-Deni mayda-chuyda raqiblarga qarshi chiqmasdan, katta qaytishni amalga oshirmoqchi. Shu bois u Oq uydagi UFC turnirida Maykl Chendler bilan jang taklifini rad etganini aytdi.

"Ayni damda Charlz Oliveira bilan jang qilmoqchiman. To‘g‘ri, Maks Hollowey unga qarshilik ko‘rsata olmadi, lekin men buni uddalayman. U bilan Braziliyadagi uchrashishga ham tayyorman.

Oq uydagi turnirda ishtirok etish taklifi berildi. Biroq reytingda mendan pastda turgan Maykl Chendler bilan bahsni istamadim. Shuningdek, u vaqtda sog‘lig‘im bilan bog‘liq jiddiy muammolarim ham bor edi. Shu sabab bu taklifni rad etdim. Endi iyul oyining o‘rtalarida oktagonga qaytish uchun 100 foiz tayyor bo‘laman", - dedi Benoa "Super Moscato Show" ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, UFC engil vazn toifasi reytingida Sen-Deni beshinchi, Charlz Oliveira uchinchi, Maykl Chendler esa o‘n uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!