
Oradan 10 yil o‘tib, tarix takrorlandi
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo La Liga 29-turi doirasidagi "Real" Madridga qarshi 4:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda gol urdi.
Shu tariqa, urugvaylik futbolchi "Santyago Bernabeu"da madridliklar darvozasini ishg‘ol etgan "ko‘k-anorranglilar"ning so‘nggi 10 yil ichidagi birinchi vakili bo‘ldi. Undan oldin bu ishni klub afsonasi Karles Puyol uddalagandi.
Ispaniyalik sobiq himoyachi 2012 yilgi mavsum Ispaniya Kubogida Xavining uzatmasidan so‘ng "Real" darvozasiga gol kiritgan. Xavi hozir kataloniyaliklar bosh murabbiyi hisoblanadi.
"Barsa" ayni paytda 54 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 3-pog‘onani band etib turibdi. Ular peshqadam "Real"dan 12, ikkinchi o‘rindagi "Sevilya"dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar