O‘rtoqlik o‘yini. Bizga tanish Skamakkaning goli evaziga "Vest Xem" "Tottenxem"ni mag‘lub etdi!

  • 18 iyul, 2023, 17:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliyadagi yig‘in doirasida Angliyaning "Vest Xem" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtoqlik o‘yinida o‘zaro kuch sinashdi. Unda "bolg‘achilar"ning qo‘li baland keldi - 3:2. 

"Vest Xem" safida gollarga Ingz, Mubama va Skamakka mualliflik qildi. "Tottenxem" tarkibida Lo Chelso va Udoge o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Qayd etish lozim, bellashuv 2:2 hisobida davom etayotgan bir vaqtda Janluka Skamakka birga-bir vaziyatga chiqib bordi va vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni yakuniy 3:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Mazkur futbolchi o‘z vaqtida Eldor Shomurodov bilan birga "Jenoa"da to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!