
O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" - "Qizilqum" bahsida g‘olib aniqlanmadi
20 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan "Dinamo" bir haftalik yig‘in so‘ngida nazorat bahsida maydonga tushdi.
Jomboy tumanidagi stadionda o‘tgan o‘yinda Vadim Abramov shogirdlari Navoiyning "Qizilqum" klubiga qarshi maydonga tushdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.
"Dinamo" jamoasi 2023 yildagi dastlabki yig‘inni 5 yanvar kunidan Toshkentda o‘tkazishi rejalashtirilgan.
"Dinamo" matbuot xizmati
Fikrlar