
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Chelsi" gollar shousida "Reding"dan ustun keldi
Xabaringiz bor ayni damda dunyoning ko‘plab shaharlarida Evropaning grand klublari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.
Jumladan, bugun Frenk Lempard boshchiligidagi “Chelsi” Chempionship vakili hisoblangan “Reding” klubiga qarshi maydonga tushdi va 3:4 hisobida g‘alaba qozondi.
"Reding" (Angliya) - "Chelsi" (Angliya) - 3:4 (1:2)
Gollar: Barrett, 13 - 1:0, Barkli, 23 - 1:1, Kenedi, 42 - 1:2, Morrison, 49 - 2:2, Maunt, 57 - 2:3, Maunt, 60 - 2:4, Beldok, 71 - 3:4
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" APLning ilk turini 11 avgust kuni safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar