
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Yunayted" "Everton" bilan durang o‘ynadi
Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" o‘rtoqlik uchrashuvida "Everton" bilan to‘qnash kelib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab bellashuvning 19-daqiqasida Brunu Fernandesh penaltidan hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganda esa Ndiaye oradagi farqni yo‘qqa chiqazishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 69-daqiqasida Meyson Maunt o‘zining aylanma zarbasi bilan MYuni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Bu gal oradan 6 daqiqa o‘tib mersesaydliklar yana hisobni tenglashtirdi (2:2).
Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk to‘qnashuvini 17 avgust kuni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv yakshanba kuni soat 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar