O‘rtoqlik uchrashuvi. "Qizilqum" Qozog‘iston klubidan ustun keldi
"Qizilqum" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazmoqda. Navoiyliklar bugun yig‘in doirasida Qozog‘istonning "Altay" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Ushbu bellashuv vakillarimizning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Konchilar" tarkibida Samandar Shukrullaev hamda Shahzod Rahmatullaev gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Akmal Rustamov boshchiligidagi jamoaning xorij yig‘ini 21 yanvardan 11 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar