
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Urugvay kutilmaganda Avstriyaga yutqazib qo‘ydi (video)
Xabaringiz bor kecha dunyoning bir qator mamlakatlari FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi.
Hususan, Urugvay terma jamoasi shu kuni Avstriya mehmoni bo‘ldi. Luis Suaressiz harakat qilgan Urugvay shu kuni kutilmaganda raqibiga 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Avstriya – Urugvay 2:1 (1:1, 1:0)
14 noyabr «Ernst Xappel»
Gollar: 1:0 – 5 Zabittser, 1:1 – 10 Kavani, 2:1 – 87 Shaub.
Avstriya – Lindner, Danzo, Ulmer, Bauer, Dragovich, Baumgartlinger, Grillich (Shopf, 74), Zabittser (Shvab, 90), Kaynts (Shaub, 59), Arnautovich (Alar, 86), Burgshtaller (Lazaro, 74).
Urugvay – Silva, Ximenes, Silva, Pereyra, Godin, Valverde (Lodeyro, 79), Vesino, Bentankur, Urretaviskayya (Stuani, 68), de Arraskaeta (Sanches, 63), Kavani (Maksi Gomes, 75).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar