O‘runov "Navbahor"ga qaytishi mumkinmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda "Ufa" safida ijara asosida harakat qilayotgan "Spartak" futbolchisi Oston O‘runov "Navbahor"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. "Lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan ushbu savolga javob berdi.
"O‘runov bugungi kunda Rossiya chempionatida o‘ynayapti. Ushbu masala “Navbahor” klubi rahbariyati tomonidan muhokama qilinmagan. Bu gaplar shunchaki, mish-mish, xolos", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Oston 2019 yil namanganliklar safidan "Lokomotiv"ga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar