
O‘runov rosa ter to‘kdi!
“Spartak” jamoasi yangi yilning birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazmoqda.
Bugun futbolchilar ilk mashg‘ulotlarni o‘tadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yilning oxirida jarohat olgan Oston O‘runov, Aleksandr Kokorin va Aleksandr Sobolev umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Legionerlardan Ayrton va Kral qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan bo‘ldi.
Dubaydagi mashg‘ulotlarda Oston O‘runov mana shunday shug‘ullandi:
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 yanvargacha davom etadi.
Fikrlar