O‘runovni Evropada kutishyaptimi?

  • 11 yanvar, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Uch yil davomida Rossiya futboliga moslashib olgan Eldor Shomurodov o‘zini Evropada nimalar kutayotganini aniq bilmasa-da, o‘zi uchun mavhum bo‘lgan kelajakni tanlashga qo‘rqmadi va katta tavakkal bilan Italiyaga yo‘l oldi.

136523998_4200333116644243_390813031392858875_o

Hammamizga ma’lumki, Shomurodov “Jenoa”dagi bugungi mavqeiga osonlikcha erishgani yo‘q. Yangi chempionat, yangi daraja, yangi talablar, yangi o‘yin uslublari, yangi til, yangi turmush tarzi. Hamma narsa yangicha edi.

Shomurodov o‘zbek futbolchisi ham Evropa futbolida “yo‘qolib” qolmasligini isbotlab bo‘ldi. O‘zbekistonlik muxlislar esa, Eldor kabi “ko‘hna qit’a” maydonlarida to‘p tepadigan futbolchilarimiz ko‘p bo‘lishini istaydi.

Garchi “Spartak”da omadi yurishmayotgan bo‘lsa-da, Oston O‘runov ham Evropada porlashi mumkin bo‘lgan futbolchilardan hisoblanadi. Buning uchun Ostonda barcha xususiyatlar etarli. To‘g‘ri, hozir Rossiyaning eng murakkab klubida ishlari yurishganicha yo‘q. Zotan, o‘zbek futbolchisiga tuzukroq imkon ham berilmadi.

Bosh murabbiy Domeniko Tedesko hamyurtimizni 14-24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladigan dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif qilgan bo‘lsa-da, O‘runovning “Spartak”dagi kelajagi noaniq ekani hech kimga sir emas.  

Hamyurtimizga Rossiyaning o‘zidan ham, Evropadan ham takliflar bo‘layotgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda,  “Udineze” va “Parma” O‘runovga qiziqish bildirgan ekan. Biroq, mutaxassislar agar “Spartak” bu klublardan ham “Rubin”dan talab qilgani kabi o‘zbek futbolchisi uchun 6 million evro so‘rasa, transfer amalga oshmaydi.

vse-znajut-chto-on-na-4-5-le_2

Umuman olganda, O‘runovni olmoqchi bo‘layotgan klublarni “Spartak”ning “ishtahasi” cho‘chitib qo‘ymoqda. Buni Ostonga ko‘z tikayotgan “Ufa” bosh direktori Rinat Shaybekov Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida vaziyatga oydinlik kiritiib o‘tdi.

- Hozir Oston O‘runov haqida turli ma’lumotlar e’lon qilinmoqda, jumladan, “Spartak” u bilan xayrlashmoqchi ekan. Sizda O‘runovni qaytarish varianti bormi?

- Hozir, muzokara o‘tkazmayapmiz. O‘runov juda kuchli o‘yinchi va xorijdan bir necha klub unga qiziqayotgani ham bor gap. Biz uni mamnuniyat bilan ortga qaytarishni xohlaymiz, lekin maqsadimiz amalga oshmasligi aniqroq.

- Nega, buni tushuntirib bera olasizmi?

- Menimcha, “Spartak” bu futbolchini biz olmoqchi bo‘lgan summaga qo‘yib yubormaydi. Bizga O‘runovni keyinchalik uning transferini maqbul narxga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish juda ma’qul variant edi. Biz bunga qarshi emasmiz. Bu masalani agent bilan ham, o‘yinchi bilan ham muhokama qildik. “Vaziyat juda murakkab”, deyishdi.

- Oston Evropada o‘ynay oladimi?

- Evropa katta mintaqa. Uning ichiga Bolgariya va Sloveniyadan tortib, Angliya hamda Ispaniyagacha kiradi. O‘runovning Evropada o‘ynab ketishi, uning qaerga borishiga bog‘liq.

14549114

Darhaqiqat, “Ufa” O‘runovning Rossiya futbolidagi birinchi jamoasi hisoblanadi. 2020 yilning boshida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida ufaliklar tarkibiga qo‘shilgan Oston o‘zining kreativ o‘yinlari bilan qator klublar e’tiborini qozondi.

Hozircha,  Oston O‘runovning “Spartak”da qolishi yoki boshqa jamoaga o‘tishi mavhumligicha qolmoqda.

O‘zbek futbolchilari xorij klublariga yo‘l olmoqda. Ular Evropa futbolida “non” topa oladimi?

O‘runovdan xushxabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!