O‘runovning raqobatchisi Angliyaga ketadi

  • 18.11.2020 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Spartak” yarim himoyachisi Aleks Kral hamon Angliya klublari nishonida turibdi va qishda premer-ligaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, bu futbolchi asosiy tarkib uchun kurashda Oston O‘runovning raqobatchilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Chexiya terma jamoasi vakilining transfer summasi 30 million funtga baholanmoqda. Hozircha nomi sir tutilayotgan Angliya klublari kelasi yili yozda bo‘ladigan Evropa chempionatida Kralning narxi oshib ketishi mumkinligidan xavotirlanib, yarim himoyachini qishda qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Kral “Spartak” jamoasiga 2019 yili “Slaviya”dan olib kelingan. Moskvaliklar bu futbolchi uchun 12 million evro to‘lagan.

“O‘runovni hisobdan chiqarishga shoshilmang!”

O‘runovning transfer pullari qaerga ketdi?

O‘runov “Spartak”ning “supertransferiga” xalaqit qilyaptimi?

“Spartak” bosh direktori O‘runovning kelajagi haqida gapirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!