
Osiyo chempionati. 4 nafar bokschi qizimizning final janglari yakunlandi!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasi(U-19) da Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugundan boshlab final janglari start oldi. Birinchi kunda Yoshlar (U-19) jamoalari oltin medal uchun o‘z bahslarini o‘tkazyapti.
Hozirgina bokschi qizlarimiz ishtirokidagi final janglari yakunlandi.
Oltin medal. -60 kg vaznda Sevara Mamatova hindistonlik Vini ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi;
Kumush medal. -70 kg da bo‘lib o‘tgan finalda, Rayhona Qurbonboeva Xitoy vakilasi Abudureyimu Alimiredan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Oltin medal. +80 kg vaznda Sobiraxon Shaxobiddinova hindistonlik Parchi Tokasni 5:0 hisobida engib, to‘rtinchi bor Osiyo chempioniga aylandi;
Kumush medal. -48 kg da Maftuna Musurmonova ochkolar evaziga mezbon sportchi Chiranan Dapphonhanga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Birozdan so‘ng U-19 terma jamoamiz yigitlari oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar