Osiyo chempionati: Elnur Abduraimov afg‘onistonlik bokschiga qarshi jang qildi

  • 25 may, 2021, 21:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan navbatdagi vakilimiz jangi ham o‘z yakuniga etdi. Ya’ni -64 kg vazn toifasidagi bokschimiz Elnur Abduraimov afg‘onistlnlik Muhammad Sultonga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Kutilganidek, ushbu to‘qnashuv hamyurtimizning yaqqol ustunligi bilan boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. Yanada aniqroq qilib aytganda, jangning dastlabki daqiqalaridayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Biroq tez o‘zini tiklay olgan afg‘on bokschisi qolgan raundlarda jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq tajribali Elnur yakunda 5:0 hisobida jang taqdirini o‘z foydasiga hal qildi. 

Shu tariqa, Elnur Osiyo chempionati yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Bugungi kun dasturidan yana 5 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning jangi o‘rin olgan. Ularning natijalaridan ham boxabar qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!