
Osiyo chempionati. Musobaqaning so‘nggi kunida 14 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun - musobaqaning so‘nggi kuni doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz o‘zlarining final bahslarini o‘tkazadi. Ushbu bosqichda jamoamiz eng ko‘p - 14 nafar vakil bilan ishtirok etadi.
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Gulnaz Bo‘ribaeva (Qozog‘iston);
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Thi Ngos Tran Nguen (Vetnam);
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Yatri Shirishkumar (Hindiston);
-70 kg: Oysha Toirova - Bakit Seidish (Qozog‘iston);
-55 kg: Samandar Olimov - Dulguunsaixan Xarxu (Mo‘g‘iliston);
-60 kg: Shoxrux Abdumalikov - Nurislam Kaldibaev (Qozog‘iston);
-65 kg: Sayat Ilyasov - Ilya Kalinin (Qozog‘iston);
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Nurbek Mursal (Qozog‘iston);
-75 kg: Shavkatjon Boltaev - Neeraj (Hindiston);
-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Sanjar-Ali Begaliev (Qozog‘iston);
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Sam Estaki (Eron);
-90 kg: Shahzod Polvonov - Temirlan Mukataev (Qozog‘iston);
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Ishan Kataria (Hindiston);
-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Natnicha Chongprongklang (Tailand).
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar