Osiyo chempionati polvonlarimiz uchun qanday o‘tdi?
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlarining yunon-rum, ayollar va erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi.
Mazkur musobaqda sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtta oltin, beshta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionatning yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Elmurat Tasmuradov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rustam Assakalov, Mo‘minjon Abdullaev kumush, Islom Baxromov, Mirzobek Raxmatov, Aram Vardanyan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ayollar kurashida 59 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nabira Esenbaeva shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
Erkin kurash bellashuvlarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Ixtiyor Navruzov, Magomed Ibragimov hamda Davit Modzmanashvili o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egalladi.
Finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda zafar quchgan Mahmudjon Shavkatov va Rashid Qurbonov terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.
O‘z vazn toifalarida Abbos Rahmonov, Timur Usmonoxunov, Aziz Soliev uchinchi pog‘onani egalladi.
Chempionat yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Sports.uz

Fikrlar