Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda

  • 7 aprel, 19:39
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Olmaota shahrida FIDEning 3.4 mintaqaviy Osiyo chempionati davom etmoqda.

Tecno

6 ta davlat – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston hamda Turkmanistondan 88 nafar erkaklar va 46 nafar ayollar ishtirok etayotgan nufuzli musobaqaning 6-tur bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston vakillarining natijalari quyidagicha:

Erkaklar o‘rtasida:
Madaminov Muhiddin (2536) – Qozog‘istonlik Urazaev Arystanbek (2467) ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
Abdisalimov Abdimalik (2525) esa Abilkhair Abilmansur (2410) ni mag‘lub etdi.
Nigmatov Ortiq (2501) - Sapenov Daniyal (2412) – durang.
Bakhrillaev Bahrom (2391) - Suyarov Muhammadzokhid (2469) – durang.

Ayollar o‘rtasida:
Hamdamova Afruza (2326) – Balabaeva Kseniya (2285) bilan durang.
Nodira Nodirjonova – Muratova Anel (1900) ustidan g‘alaba.
Omonova Umida (2263) –  Kurmangalieva Liya (2249) ga imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!