
Osiyo chempionati. Yana 4 nafar bokschimiz yarim finalda!
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bugun yoshlarimiz (U-19) yarim final bosqichiga o‘tish yo‘lida o‘z bahslarini olib bordi. Kun davomida 7 nafar qizlarimizning janglariga guvoh bo‘ldik.
-48 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Maftuna Musurmonova, hindistonlik Suman Kumarini 3:2 hisobida mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi;
-51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Muxtasar Alieva Hindiston vakilasi Yakshikaga hakamlarning qarorlariga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 2:3;
-57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Robiya Ravshanova hindistonlik Muskanga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi;
-60 kg da Sevara Mamatova yaponiyalik Mizuki Horitadan ustun keldi - 5:0;
-65 kg da Sevinch Xurramova Yaponiya bokschisi Arinda Akimotoga imkoniyatni boy berdi - 0:5;
-70 kg da Rayhona Qurbonboeva Xitoy Taypeyi vakilasi Chun-Ai Kaoga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0.
-75 kg da Maftuna Yangieva Janubiy Koreya bokschisi Mina Jungni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar