Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston bilan o‘ynaydi

  • 18 yanvar, 2024, 07:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi 2-tur o‘yinini o‘tkazadi. Srechko Katanets boshchiligidagi termamizga Hindiston raqiblik qiladi.

Uchrashuv soat 19:30da o‘z bag‘riga 45 032 nafar muxlisni sig‘dira oladigan "Ahmad bin Ali" stadionida start oladi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Ushbu o‘yinida xitoylik Fu Ming bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Jou Fey hamda Jang Cheng yordam berishsa, zaxira hakami sifatida iordaniyalik Ahmad Muhammad ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda termamiz Suriya bilan nursiz durangga imzo chekkandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abbos_000
18/01/2024 13:25
Inshaalloh Uzb vs Ind 5:0
&
Адхамжон Низомов
18/01/2024 11:30
Йирик галаба кутиб коламиз.Олга "Ок бурилар". 4-0.
&
Real futbol
18/01/2024 10:25
Olgʻa Oʻzbekiston