Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston yakka peshqadam bo‘lib olishi mumkin

  • 29 sentabr, 2022, 09:34
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Bugun Kuvayt mezbonligidagi futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

O‘zbekistonlik futzalchilar Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladigan bellashuvda Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvga “Saad Al Abdullah Hall” majmuasi mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur bahsni "Futbol TV" kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

1-turda har ikki jamoa zafar quchib, jadvalda yuqori o‘rinlarda bormoqda. O‘zaro qarama-qarshilikdagi g‘alaba qaysidir tomonni yakka peshqadamga aylantiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мажидов Шахзод
29/09/2022 11:57
Омад !
араббаевич давлат
29/09/2022 11:27
Termamizga omad.