Osiyo kubogi fubolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

  • 09.02.2024 16:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol

Eng ko‘p kutilgan Osiyo kubogi yakunlanish arafasida turibdi. Biz uchun bu musobaqa juda og‘ir o‘tdi. Jarohatlar, penaltilar seriyasidagi alamli mag‘lubiyat...

Musobaqada terma jamoamiz qanday darajada qatnashganini baholashni muxlislarga qoldiramizda, biz bu musobaqaga qaysi futbolchilarimiz uchun tramplin bo‘lgani haqida to‘xtalamiz.

IMG_1332

Osiyo kubogida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibidagi 26 futbolchidan 9 nafari legioner edi.

Bular Rustam Ashurmatov (“Rubin”, Rossiya), Jaloliddin Masharipov (“Panserriakos”, Gretsiya), Otabek Shukurov (“Fotih Karagyumryuk, Turkiya), Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov (“Ordabasi”, Qozog‘iston) Abdulla Abdullaev (“Xor-Fakkan”, Birlashgan Arab Amirliklari), Igor Sergeev (“Patxum Yunayted”, Tailand), Abbos Fayzullaev (TsSKA, Rossiya), Abduqodir Husanov (“Lans”, Frantsiya)

Musobaqa boshlanishidan avval Azizbek Amonov ham “Nasaf”dan ketib, Abdulla Abdullaevning jamoadoshiga aylandi.

Osiyo kubogi davomida milliy terma jamoamizning bir necha futbolchilari o‘ziga yangi jamoa topdi. Ayrimlari faoliyatida ilk bor legioner maqomini oldi.

Demak, jamoasini almashtirgan futbolchilarimiz haqida ma’lumot berib o‘tamiz:

Umarbek Eshmurodov (“Selengor”, Malayziya)

Umarbek Eshmurodov musobaqa davomida shubhasiz, eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan himoyachilarimizdan bo‘ldi. 15 dekabr kuni "Nasaf" bilan xayrlashgan Eshmurodov faoliyatini Malayziyada davom ettirishga qaror qildi. “Selengor” himoyachimiz bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

IMG_1478

Hojimat Erkinov (“Al-Vahda”, Birlashgan Arab Amirliklari)

Rossiyadagi faoliyati omadli chiqmagan Hojimat Erkinovni mavsum avvalida “Paxtakor” klubi Moskvaning “Torpedo” jamoasidan ijaraga olgandi. “Sherlar”ning chempionligiga katta hissa qo‘shganidan so‘ng, bu vinger termadan ham chaqiruv oldi. Suriyaga qarshi yorqin o‘yinidan so‘ng, Erkinovni “Al-Vahda” vakillari diqqat bilan kuzata boshladi. Termamizning ishtiroki yakunlangach,  BAA klubi Erkinovning transferini e’lon qildi.

IMG_1499

Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron)

Terma jamoamiz asosiy sardori Eldor Shomurodovning musobaqani o‘tkazib yuborishi natijasida Jaloliddin Masharipov Osiyo kubogida sardorlik qildi. Gretsiyaga jarohat bilan borgan Jaloliddin “Panserriakos”da uzoq qolmadi. Shartnoma bekor qilingach, Masharipov faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkinligi ham aytildi.

Qatarga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, Jaloliddin Eronning “Istiqlol” jamoasiga o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Masharipov Gretsiyaga yo‘l olishidan avval ham “Istiqlol” jamoasidan jiddiy qiziqish bo‘lgan edi.

IMG_1464

Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron)

Oston O‘runov “Navbahor” bilan xayrlashib, erkin agent maqomida yurgan edi. Juda ko‘pchilik 23 yoshli futbolchimizning “Navbahor”dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, yana Rossiyaga qaytishini kutgandi. Biroq, O‘runovga Erondan zo‘r taklif keldi va Oston “Persepolis” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

IMG_1448

Aziz Turg‘unboev (“Sivasspor”, Turkiya)

Aziz Turg‘unboev ushbu Osiyo kubogiga zaxira futbolchisi sifatida kelgandi, lekin jarohatlar qanot vingerini asosiy tarkib futbolchisiga aylantirdi, faqat boshqa pozitsiyada. 29 yoshli futbolchimiz 3-turda zaxiradan maydonga tushib Avstraliyaga tarixiy gol urgan bo‘lsa, nimchorak finalda asosiy tarkibda maydonga tushib, Tailand darvozasini ham ishg‘ol etdi. Ushbu yorqin o‘yinlardan so‘ng, “Sivasspor” futbolchimizni o‘z safiga qo‘shib oldi.

IMG_1471

Otabek Shukurov (“Kayserispor”, Turkiya)

Otabek Shukurov “Fotih Karakyumryuk”ni tark etgan bo‘lishiga qaramay, Turkiyada qoladigan bo‘ldi. Manbalarning ta’kidlashicha, “Kayserispor” tajribali yarim himoyachi bilan kelishuvga erishgan va uni jamoaga qo‘shib olgan.

IMG_1516

Kutilayotgan transfer:

“Paxtakor” futbolchisi Diyorbek Xolmatov ham Evropaga yo‘l olishi kutilmoqda. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, 21 yoshli yarim himoyachiga Italiyadan taklif bor.

IMG_1167

“Lechche” jamoasi o‘zbek futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Demak, Qatardagi Osiyo kubogi Diyorbek Xolmatovning faoliyatida ham burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Farhod Tulkunov

O‘zJOKU talabasi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Ruziqulov
09/02/2024 17:27
Shu sport uz ezib yubordinglar bitta maqolani haftada 5yoki 6 marta aylantirib UYALMAYSANLARMI
&
Илҳом
10/02/2024 16:26
Чиндан ҳам эзворишди
&
Адхамжон Низомов
08/02/2024 22:33
Барчаларинга омад,Сафларинг янада купайсин.Бу МТЖ миз учун фойда.