Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

  • 7 fevral, 2024, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogini kutilganidan biroz erta tark etdi. O‘yin bobida qit’aning etakchi jamoalari bilan tengma-teng o‘ynagan futbolchilarimiz yana penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat tufayli musobaqadan chiqib ketdi.

Qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘z mahoratini namoyish qilgan futbolchilar qatoriga Abbosbek Fayzullaevni qo‘shish mumkin. Jarohati tufayli O‘zbekistonga yordam bera olmagan Eldor Shomurodov o‘rniga etakchilikni aynan TsSKA vakili o‘z zimmasiga oldi.

IMG_1660

20 yoshli hujumkor futbolchimiz terma jamoa o‘yinini kuchaytira oldi, ikkita gol urdi va bitta assist qayd etdi. Osiyo futbol konfederatsiyasi Abbosbek Fayzullaevni musobaqaning eng kuchli iqtidor egalari qatorida e’tirof etdi.

Ayni paytda ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar orasida Abbosbek Fayzullaevning Evropa kuchli ligalari o‘tish imkoniyati qiziqtirayotgani sir emas.

Taniqli portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Rossiyaning metaratings.ru saytiga bergan intervyusida o‘zbek legionerining Evropada o‘ynash imkoniyatiga baho berdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Paulu Barbozaning savol-javobini havola etadi.

– TsSKA hozir Abbosbek Fayzullaev hammaning diqqat markazida turganida uni sotib yuborish haqida o‘ylasa bo‘ladimi?

– Hozir aniq biror narsa deyish qiyin. Hamma narsa Fayzullaevning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topa olishlariga bog‘liq.

Yana bir muhim masala — Abbosbek uchun qancha pul so‘rash kerak? Ayni damda aksariyat ligalarda transfer bozorlari yopildi. Evropada deyarli hammasi yopiq.

Men Fayzullaev Evropada o‘ynab keta oladi, deb o‘ylayman. Lekin hozirning o‘zida transfer variantlari ko‘p emas.

Hozirning o‘zida Xitoy va AQSh variantlari bor, lekin bu qanchalik foydali, bunisini bilmayman. O‘yinchi uchun eng muhimi, doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish. Mana shu sharoitda o‘sish imkoni bo‘ladi.

Agar Fayzullaev yaxshi o‘ynashda davom etsa, transfer uchun hali imkoniyatlar etarlicha bo‘ladi. Biroq bu borada masala boshqa narsada: boradigan joyida qay darajadagi raqobatni engib o‘ta oladi? Eng avval, shu savolga javob topish kerak, - dedi Paulu Barboza.

IMG_1692

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan Fayzullaev shu turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Keyinchalik Argentinada yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Xalqaro maydondagi turnirlardagi o‘yini bilan xorij klublari nazariga tushdi. Transfer masalasida faollik ko‘rsatgan TsSKA uni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fayzullaev legioner sifatida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etdi.

Xorijlik ekspert ispanlarga Fayzullaev haqida ma’lumot berdi

Raneri Shomurodov qachon maydonga qaytishini aytdi

Terma jamoamiz etakchisini Rossiyaning bir necha klublariga taklif qilishdi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
05/02/2024 23:35
..... ..... Manashu odam manga narigi komentlarimga javob yozipdi unda Turkmanistonimi demakratiya davlat deb yozipdi Ha balki shundaydir lekin men Hudoga shukur bzani vatandoshlarimiz yiqlsa olgani ustuga tepgan qimimiz va yahshi kunuda ham yomon kunida ham yonida turamiz hechkachon vatan xoini qabilidagi sozlarni ishlatmimiz Vatanim uchun kerak bolsa jon beraman Hech qachon nolimayman...Uzbekistonda ham karindoshlarimiz bor dostlarimiz tanishlarimiz bor men tanigan uzbeklar sendakamas demak bu degani sen uzbek emassan pismik insonsan
Rasul M
05/02/2024 22:35
Nega Amanov va Abdixoliqovni tushurmagani sababi Umarov effektida korishimiz mumkin shu kirdiyu oyin buzuldi hujumchilar bn boglam uzuldi demakkki darajasi pas bunuyam Katanes janoblari bilgan axir u jamoaga bizdan kora yaqinku korib bilib trubdi..Xop Abdixolikov yoki Amanovga shans berdiyam diyaylik kimning orniga Masharipov Urunov Abbos man Abbosni alishtirishlarini korishni istamagan bolardim demokchi bolganim Katanes faqat Umarovni tushurup xato qildi Urunovga 90dakika shans berishi kerak edi
Rasul M
05/02/2024 22:31
Evre Renar kesa uniyam kamchiliginibtopishadi akajon...Katanes zor murabbiy chunki hech qaysi jamoada bolmagan jarohatlar boldi en kop liderlar yoqotishi uzbekistonda agar manashunaqa lider jarohatlar boshkalarda bolganda oldindan yutqizib chiqib ketardi...Bir oylab koringlar Korea Japonya Yo Eron avstraliyalar liderlarsiz oynasa qanaka boladi...Bu axir futbol Futbol faqat uzbekistonda osib boshqa joylarda qotib qolgani yokku Qatarni Babayan davrida yutdik deyishyapdi Babayan davridaki Qatardan hozir asar yoq ular undan kegin Osiyo chempioni bolishdi Konkakaf turniriga borishdi Jahon chempionatida top jamoalar bilan oynashdi praktika kop narsani hal kiladi menimcha ozbekiston oyinida mano bor mazmun bor fakat shu shu liderlar kelsa va Abbos Husanovlaga shans berip oynatsa Jahon chempionatida oynashadi bolla
Норов Абдужалил
04/02/2024 19:51
Осиё футболини 20 йиллик кузатувларим асосида шуни айта оламанки менга энг ёккан мураббий бу уткан жахон чемпионати циклида Саудияни бошкарган Эвре Ренар. У йукдан бор кила оладиган тактичний мураббий. Бизни термага жуда мос тушади. У мураббийлик килган йиллари Марокаш термаси хам Саудия хам зур натижалар килди. Яна бир мураббий бу бир неча осиё кулубларида ишлаган ва Жазоир термасини бошкарган Жамол Белмади. Ана шу иккала мураббийдан бири Узбекистон терма жамоасига мураббий булса биз Осиё футболида энг биринчилардан бирига айланамиз.
&
хушнудбек
04/02/2024 20:14
Заебал килштинг фудбол фудбол деб биртинга кимант хамси элдор хам босинг хам ва машарипинг хам огзни гупртриб махтайсан булардим нима килиб берди ватан учун акаларям шу Эди булар хам шу узбегистон гўзал гушадир фудболи уша уша дир