Osiyo kubogi. Qatar Eron darvozasiga uchta gol urib finalga yo‘l oldi

  • 7 fevral, 2024, 22:08
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Eron - Qatar bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqa mezboni hisoblanmish Qatar 3:2 hisobida zafar quchib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Dastlab, Azmun 4-daqiqada gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Abdulsalom muvozanatni tikladi. Taym yakunlanishi arafasida Afif ajoyib zarbasi bilan mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida forslar penalti ishladi va Jahonbahsh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 82-daqiqada Almoez Ali bellashuvdagi hal qiluvchi golga mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Qatar Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda ular Iordaniyaga qarshi maydonga chiqadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
07/02/2024 22:33
Агар бизнинг асосий таркибдаги 6 та футболчимиз жарохат олмаганда 100% чемпион булишимиз мумкин экан. Афсус. Насиб этса апрел ойида 23 ёшлилар уртасидаги Осиё чемпионатига иштирок этиш учун яна Катар майдонларига кайтамиз ва осиё кубогини узимизники килиб Париж 2024 йулланмасини кулга киритамиз ва ёзда Олимпиадада иштирок этамиз ва узбек футболи нималарга кодир эканлигини дунё ахлига курсатамиз иншооллох.