
Osiyo Kubogi. Tojikiston irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi
Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan Tojikiston - Livan bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shnilarimiz 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Jradi o‘yinning 47-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, Umarboev 80-daqiqada muvozanatni tikladi. 90+2-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Nuriddin Hamroqulov Tojikistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, qo‘shnilarimiz Osiyo kubogida pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Fikrlar