
Osiyo kubogi U-20. Dramatik kechgan bahsda Avstraliya Iroqni taslim etib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya - Iroq bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "yashil qit’a vakillari" 3:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 15-daqiqada iroqliklar futbolchisi Faysal hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Yovanovich muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib, Qobil yana Iroqni hisobda oldinga olib chiqdi. Kikianis va Badolati ikkinchi tomonidan ikkinchi taymda kiritilgan gollar Avstraliyaga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa, "kengrular yurti" vakillari Osiyo kubogi yarim finaliga yo‘l oldi va JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
- Osiyo - OFK U20 Osiyo kubogi
- Chorak final

Avstraliya
- L. Jovanović 22'
- P. Kikianis 62'
- A. Badolato 74'

Iroq
- Amoori Faisal 15'
- Mustafa Qabeel 26'
Fikrlar