
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston - Eron: Matnli translyatsiya
23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. 3-turdan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron uchrashuvidan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring.
73. Vakillarimizda yana bir xavfli vaziyat vujudga keldi. Ammo besamar.
69. Vakillarimiz qarshi hujumga qochib ketdi. Norchaev so‘nggi pallada darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi, ammo biroz noaniq.
68. Eronliklar burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
65. Raqib futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
62. GOOOL! Raqib futbolchisi Yusufi qanotdan uzatib berilgan to‘pdan so‘ng gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
58. Hoshimrajab hamda Tairov to‘p uchun kurashda bosh bilan bir-biriga zarba berib yubordi.
56. Eronning o‘ta xavfli hujumi darvozabonimiz Nazarov qaytarib yubordi.
55. Futbolchilarimiz raqib jarima maydoni atrofida mayda paslar o‘ynab, oxiri to‘pni oldirib qo‘ydi.
54. Tairov Eron futbolchisidan ortiqcha qiyinchiliksiz to‘pni olib qo‘ydi.
53. O‘zbekiston safida o‘zgarish: Odilov o‘rniga Norchaev maydonga tushdi.
52. Uchrashuv tempi u qadar ham yuqori emas.
51. Raqiblarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi, biroq Arya o‘yindan tashqari holatda qolib ketgandi.
50. Eron navbatdagi pozitsion hujumga hozirlik ko‘rmoqda.
48. Ikkinchi bo‘limni Eron faol hujumlar bilan boshladi.
47. Eronning xavfli hujumi darvozabonimiz tomonidan qaytarildi.
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.
47. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha hisob 1:0. Vakillarimiz oldinda.
45. Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
44. Jiyanov aldamchi harakatlar bilan qanotdan kirib bordi va zarba yo‘lladi, ammo biroz noaniq.
43. Hoshimnajodning bosh bilan yo‘llagan zarbasini darvozabon egallab oldi.
42. Odilov qanotdan kirib borayotgan bir paytda to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi.
39. Hamyurtlarimizdan yana bir hafvli hujum. Ammo so‘nggi zarba yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘ldi.
38. O‘zbekiston yaxshi nuqtadan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega edi, ammo Holmatovning zarbasi yana jonli devordan o‘tmadi.
37. Eron futbolchisi Fallah o‘yin qoidasini buzdi va hakamga jiddiy e’tiroz bildirdi, hakam esa uni sariq kartochka bilan "siyladi".
36. Eron xavfli hujum uyushtirdi, ammo himoyachilarimiz qoida buzmay to‘pni olib qo‘ydi.
35. Vakillarimiz hujumda o‘yin qoidasini buzdi.
34. Jiyanovning jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib, qaytdi.
33. Futbolchilarimiz burchak zarbasidan so‘ng darvoza tomon ketma-ket zarbalar yo‘lladi, ammo darvozabon ishonchli harakat qildi.
33. Jiyanov burchak to‘pi ishlab oldi.
32. Eron futbolchisi Ahmadiga sariq kartochka ko‘rsatildi.
31. To‘p nazorati vakillarimiz foydasiga 56 - 44.
29. Eron jarima maydonchamiz atrofida xavfli vaziyatlar yaratdi. Biroq yakunda himoyachilar ishonchli o‘ynab, to‘pni uzoqlashtirishdi.
27. Eronliklar pozitsion hujumga hozirlik ko‘rmoqda.
25. Jo‘raqo‘zievda yana bir yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi.
22. GOOOOOL! Holmatovning qanotdan uzatgan to‘pini Jo‘raqo‘ziev raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
21. Jaloliddin Sodiqov hujumga oshiqayotgan raqibni ajoyib tarzda to‘xtatib qoldi.
19. Yoshlarimiz to‘pni egallab turibdi, ammo hujumga o‘tishga shoshilmayapti.
17. UXXXX! Eronliklar gol urishiga bir bahiya qoldi. Ammo ofsayd.
17. Vakillarimiz o‘z jarima maydoni atrofida mayda paslar bilan to‘pni egallab turibdi.
15. Eron jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
13. Abbosbek Fayzullaevning olisdan yo‘llagan kuchli zarbasi darvozabon tomonidan qaytarildi.
11. To‘p uchun maydon markazida jiddiy kurash kechdi. Yakunda vakillarimiz to‘pga ega chiqdi.
10. Terma jamoamiz futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
8. Jiyanov ajoyi harakatlar bilan qanotdan yorib kirayotgandi. Biroq raqib himoyachilari ishonchli o‘ynadi. O‘zbekiston foydasiga burchak to‘pi.
5. Eron hujum uyushtirishga harakat qilib ko‘rdi, ammo himoyachilar ishonchli o‘ynadi. Raqiblar foydasiga burchak to‘pi.
2. Havfli hujum. Jiyanov yaxshi vaziyatga chiqib bordi va zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegdi.
2. Vakillarimiz to‘pni egallab turibdi. Eron pressing qilishga urinmoqda
1. Uchrashuvga start berildi.
0. Har ikkala jamoa madhiyalari yangradi.
0. Assalomu alaykum qardli futbol muxlislari. O‘zbekiston - Eron uchrashuvi boshlanishiga kam vaqt qoldi.
Fikrlar