
Osiyo kubogi U-23. Tailand so‘nggi daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib oldi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. "C" guruhi birinchi turidan o‘rin olgan Tailand - Vetnam uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Tuan Tai Pan 1-daqiqadayoq hisobni ochdi. 34-daqiqada Ben Davis muvozanatni tikladi. 73-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Van Tung yana jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yin tugashi arafasida Mueanta gol urib, Tailandni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Fikrlar