
Osiyo kubogida ishtirok etayotgan futbolchilarning umumiy transfer bahosi qancha?
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Transfermarkt.de sayti talqini bo‘yicha ushbu qit’a birinchiligida ishtirok etayotgan futbolchilarning umumiy transfer bahosi 393,73 mln evroni tashkil etadi. Turnirning eng qimmat futbolchisi esa Janubiy Koreya terma jamoasi va Londonning “Tottenxem” klubi forvardi Son Xin Min hisoblanadi. 26 yoshli futbolchining transfer bahosi naqd 50 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, BAAdagi turnir 1 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar