
Osiyo Kubogiga oz qoldi. Termamizni ushbu musobaqadagi ishtiroki tarixi va bo‘lajak raqiblarimiz haqida gaplashamiz
Xabaringiz bor, shu yilning 27 sentyabridan 8 oktyabriga qadar Quvaytda futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Musobaqa boshlanishiga yaqin hayajon yana ham kuchayib bormoqda. Bilasiz, termamiz Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, maqsad - chempion bo‘lish. Keling, vakillarimizning ushbu turnirdagi holati haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston termasi mazkur musobaqaning "B" guruhida Turkmaniston, Tojikiston hamda Bahrayn kabi jamoalar bilan bahs olib boradi.
O‘zbekiston - Turkmaniston. 27 sentyabr
Tojikiston - O‘zbekiston. 29 sentyabr
O‘zbekiston - Bahrayn. 1 oktyabr
Vakillarimiz saralash bosqichidagi 3 ta uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, yuz foizlik natija bilan Osiyo Kubogiga yo‘l olgandi.
O‘zbekiston - Nepal 5:1
Afg‘oniston - O‘zbekiston 1:5
O‘zbekiston - Tojikiston 5:2
Ko‘rib turganingizdek, hamyurtlarimiz saralashning 3 o‘yinida raqib darvozasini jami 15 bor ishg‘ol qilib, o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan. Ushbu bellashuvlarda Ixtiyor Ropiev, (4 ta) Davron Choriev ( 3 ta) hamda Xusniddin Nishonov kabi futbolchilar termamiz to‘purarlaridan bo‘lgandi.
Tarixga nazar
O‘zbekiston Osiyo Kubogida jami 15 marotaba ishtirok etgan. Ushbu musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijamiz ikkinchi o‘rin hisoblanadi. Qizig‘i, vakillarimiz turnir tarixida to‘rt bora kumush medal sohibiga aylangan (2001, 2006, 2010, 2016).
Qayd etish lozim, O‘zbekiston hozircha Osiyo Kubogi finalida to‘p tepgan yagona O‘rta Osiyo terma jamoasi hisoblanadi.
Endi biroz raqiblarga to‘xtalib o‘tamiz:
Bahrayn
Eng yaxshi natija: 2018 yil. Chorak final
Umumiy ishtirok: 2 marta
So‘nggi ishtirok: 2018 yil
Bosh murabbiy: Marselino Da Silva
Taqvim
Bahrayn - Tojikiston. 27 sentyabr
Turkmaniston - Bahrayn. 29 sentyabr
O‘zbekiston - Bahrayn . 1 oktyabr
Mazkur terma jamoa 10 yillik tanaffusdan so‘ng 2018 yilgi musobaqada ajoyib tarzda ishtirok etdi. Ayni vaqtda ular o‘sha darajani saqlab qola olganmi? Buni yaqin kunlar ichida bilib olamiz.
Tojikiston
Eng yaxshi natija: Chorak final.
Umumiy ishtirok: 10 marta
So‘nggi ishtirok: 2018 yil
Bosh murabbiy: Vohidov Pairav
Taqvim:
Bahrayn - Tojikiston. 27 sentyabr
Tojikiston - O‘zbekiston. 29 sentyabr
Tojikiston - Turkmaniston. 1 oktyabr
O‘zbekiston bilan saralashda birga ishtirok etgan tojikistonliklar endilikda Osiyo Kubogi guruh bosqichida ham vakillarimizga raqiblik qiladi.
Turkmaniston
Eng yaxshi natija: Guruh bosqichi (2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2012)
Umumiy ishtirok: 6 marotaba
So‘nggi ishtirok: 2012 yil
Bosh murabbiy: Guvanch Kanaev
Taqvim:
O‘zbekiston - Turkmaniston. 27 sentyabr
Turkmaniston - Bahrayn. 29 sentyabr
Tojikiston - Turkmaniston. 1 oktyabr
Turkmaniston 10 yildan so‘ng nihoyat yana Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ularning maqsadi avval qilmagan ishi, aniqrog‘i, guruhdan chiqish. Biroq bu oson bo‘lmaydi!
Xudayqulov Karim tayyorladi
Fikrlar