
Osiyo kubogining saralash bosqichida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Shri-Lankani "yanchib" tashladi
2026 yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Shri-Linka o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur to‘qnashuvda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi raqibiga naqd 10 ta urib, o‘z darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Nilufar Qudratova (2, 3, 52, 73) pokkerni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Diyoraxon Habibullaeva 3 ta gol urib, xet-trik muallifi bo‘ldi (31, 87, 88). Shuningdek, Lyudmila Karachik ham 18 va 19-daqiqalarda gollar urdi. Bundan tashqari, Maftuna Shoyimova 68-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar