Osiyo o‘yinlari. Ikki MMAchimiz finalga yo‘l oldi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan MMAchilarimizdan ikki nafari - Ibroxim Botirov (55 kg da), Avaz Anvarov (50 kg da) final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Endi oltin medal uchun bahsda Botirov qozog‘istonlik, Anvarov esa tojikistonlik raqibga qarshi kurash olib boradi.



Fikrlar