Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent-2025'ga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni o‘rganadi

  • 4 oktabr, 2024, 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Joriy yilning 5-8 oktyabr kunlari Toshkent-2025 yoshlar Para Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bilan batafsil tanishib chiqish maqsadida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid boshchiligidagi  rasmiy delegatsiya  vakillari  yurtimizga tashrif buyuradi.

Tecno

5 oktyabr kuni “Hilton” mehmonxonasida Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari oldi  ko‘rilayotgan   umumiy tayyorgarlik tashkiliy ishlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi. Unda Toshkent-2025 direktsiyasi xodimlari  qit’aning mazkur nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik yuzasidan taqdimotni namoyish  etadi.

Yig‘ilishda kompleks musobaqaga olib borilayotgan katta hajmdagi hozirlik, O‘yinlar dasturiga kiritiladigan sport turlari va ular o‘tkaziladigan ob’ektlar, delegatsiyalarning tahminiy soni, transport-logistika masalasi, anti-doping, viza, aviaqatnovlar va shu kabi tashkiliy mavzular haqida atroflicha ma’lumot beriladi.

6 oktyabr kuni delegatsiya a’zolari poytaxtimizda barpo etilayotgan Paralimpiya shaharchasida bo‘lib, qurilish ishlarining  borishi va uning bugungi holatini o‘rganadi.

7 oktyabr kuni  soat 15:00 da  Sport vazirligida vazir Adxam Ikramov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida Toshkent-2025 yoshlar Para Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!