
Osiyo vakili "Real"ni mag‘lub eta oladimi?
Bugun Yokogamadagi “Nissan” stadionida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 2-yarim final juftligi o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Yarim finalda Meksikaning “Amerika” klubi hamda Madridning “Real” jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi. Yakunda Karim Benzema hamda Krishtianu Ronaldularning kiritgan gollari “qirollik klubi”ni musobaqaning finaliga olib chiqdi. Yakuniy hisob 2:0.
Eslatib o‘tamiz, “Real” finalda Osiyo vakili, Yaponiya chempioni “Kashima Antlers” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yapon klubi kecha Afrika qit’asi vakilini mag‘lub etgan va dastlabki finalchi bo‘lgan edi.
Fikrlar