Osiyolik 20 yoshli darvozabon “Manchester Yunayted”ni mensimadi

  • 10 avgust, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyaning “Urava Red Daymonds” klubi darvozaboni Dzion Suzuki “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Tecno

Manchester Evening News nashrining ma’lum qilishicha, “Yunayted” rahbariyati yapon klubi bilan transfer va badal summasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq, 20 yoshli posbonning o‘zi Angliyaga bormasligini ta’kidladi.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari ikki yil davomida Dzion Suzukini Premer-liga darajasiga tayyorlashni rejalashtirayotgan edi. Biroq, iste’dodli posbon “Manchester Yunayted”ga asosiy darvozabon sifatida olib kelingan Andre Onananing soyasida qolib ketishni istamadi.

Suzuki Yaponiyada ham qolmaydi. U o‘ziga o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirgan Belgiyaning “Sent-Tryuyden” klubiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bu klubga yaponiyaliklar egalik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!